Leapmotor C16 – Orient Rent Car

Leapmotor C16

Leapmotor C16

Leapmotor C16 — bu oilaviy va biznesga mos keng SUV-model bo‘lib, uzoq masofali BEV va EREV variantlari bilan taklif etiladi. Yangi avlod elektron platforma, zamonaviy interyer va yuqori texnologiyalar bilan boyitilgan.

1 400 000 UZS / kun

Leapmotor C16 — bu 2024 yildan boshlab Xitoyda ishlab chiqarilayotgan to‘liq elektrli (BEV) va kengaytirilgan masofali elektr-gibrid (EREV) uch qatorlik krossover. Platfromasi LEAP 3.0 asosida ishlab chiqilgan. BEV versiyasida 215 kVt (292 a.g.) motor va 360 Nm moment bor, 0–100 km/soatni 6,37 s ichida bosib o‘tadi va maksimal tezlik 160 km/soat. 67–75 kVt⋅soat LFP batareya bilan CLTC siklida 580 kmgacha yuradi. Tez zaryadlash esa 15 daqiqada 30–80% energiya to‘playdi

EREV modeli 170 kVt (231 a.g., 320 Nm) elektr motor va 1.5 l ichki yonilg‘i generatori hamda 28.4 kVt⋅soat akkumulyatorga ega, taxminan 200 km elektr masofani beradi

Texnik xususiyatlar:

  • 215 kVt (292 a.g.) / 170 kVt (231 a.g.)

  • Elektr moment: 360 Nm / 320 Nm

  • 0–100 km/s: 6,37 s (BEV), 8,46 s (EREV)

  • Batareya: 67.7–81.9 kVt⋅soat BEV / 28.4 kVt⋅soat EREV

  • Masofa: 580 km BEV / ~200 km EREV

  • Maks. tezlik: 160 /170 km/soat

  • Shosse zaryad: 15 /30 daqiqa

O’lchamlari: 4915×1905×1770 mm, oraliq: 2825 mm, 6 o‘rinli (2+2+2). Ichki makonda minimalistik yondashuv, 14.6″ ekran, haydovchi oldida raqamli panel va 15.6″ orqa ekran, 21 dinamikli audiotizim mavjud

Dizayn va interyer:
Leapmotor C16 silliq chiziqlari va aerodinamik kuzov profili bilan zamonaviy dizaynga ega. LED faralar va yashirin eshik tutqichlari ko‘rinishini yanada zamonaviy qiladi.
Ichkarida minimalizm uslubi: 14,6 dyuymli markaziy sensor ekran, raqamli asboblar paneli, orqa o‘rindiqlar uchun 15,6 dyuymli ekran, 21 dinamikli audio tizim. 2‑qator kapitansimon o‘rindiqlar, uch zonali iqlim tizimi, panoramali tom, yumshoq yoritish va simsiz zaryadlovchi joylar mavjud.

Hoziroq bron qiling

Ваша бронь подтверждена!

Наши операторы свяжутся с вами в скором времени!